Andijon Davlat
Universiteti
Prokuror va yoshlar uchrashuvi
2024-06-27    656

Bugun, 27-iyun kuni Andijon davlat universitetida 30 iyun - “Yoshlar kuni” hamda "Yoshlar oyligi" doirasida viloyat prokurori o'rinbosari hamda andijonlik yoshlar ishtirokida "Prokuror va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Tadbirni universitet rektori Baxtiyorjon Bakirovich mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarning yuksak marralarni egallashlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, cheksiz imkoniyatlar mavjudligi hamda rahbarlarning yoshlarga berayotgan e'tibori haqidagi fikrlari bilan ochib berdi.

Uchrashuvda viloyat prokurori o'rinbosari Komiljon Alimov so'zga chiqib, yoshlarni o‘qib bilim olishga, shijoat bilan olg‘a intilishga chorladi. Shuningdek, yoshlarni har tomonlama himoya qilishga qaratilgan qonun hujjatlari, yoshlarda mavjud muammolarni o'rganish hamda ularni bartaraf qilishga qaratilgan chora-tadbirlar to'g'risida tushunchalar va talabalarni yanada faol bo‘lishiga, mamlakat ravnaqiga munosib hissa qo‘shishlari uchun o‘z taklif va maslahatlarini berdi. Samimiy tarzda o'tgan muloqotda yoshlar o'z maqsad va intilishlari, takliflarini bayon etishdi va o’zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.

Tadbir doirasida yoshlar bandligini ta’minlash, ularning jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlariga yo‘naltirilgan “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” ham tashkil etildi.

Uchrashuv so‘nggida K.Alimov yoshlarga kelajakdagi ishlariga omad tilab, har qanday taklif va muammolarini tinglab amaliy yordam berishga tayyor ekanligini bildirdi va bir guruh eng faol, iqtidorli va tashabbuskor yoshlarga esdalik sovg'alarini topshirdi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.