Andijon Davlat
Universiteti
Rektor universitetda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o'tkazish bo'yicha tayyorgarlik holatlarini o'rgandi
2024-06-26    248

Respublikamizda 2024/2025-o'quv yili uchun oliy ta'lim muassasalariga kirish bo'yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar 1-iyuldan 25-iyulga qadar belgilangan me'yorlar asosida o'tkazilishi belgilangan.

 

Bugun, 26-iyul kuni Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev mas'ullar ishtirokida universitetga alohida iqtidor talab qiladigan ta'lim yo'nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlarga o'tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlarga tayyorgarlik holatini o‘rganish maqsadida imtihonlar o'tkazilishi belgilangan hududda bo'ldi.

 

O'rganishlar jarayonida oliygoh rahbari imtihon o'tkazilishi rejalashtirilgan zallar, stadion va xonalarda abituriyentlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, imtihon jarayonlarida shaffoflikni ta'minlash maqsadida hududlarda kuzatuv kameralari o'rnatilganligini ko‘zdan kechirdi va imtihonlarni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko'rsatma va topshiriqlarni berdi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.