Bugun, 20-iyun kuni Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev mas'ullar ishtirokida universitetning asosiy hududida yangi barpo etilayotgan oʻquv binoning qurilish ishlari hamda axborot-resurs markazi faoliyati bilan tanishish maqsadida hududda boʻldi.
Oliygoh rahbari talabalarga qulaylik yaratish hamda ularning yanada sifatli ta‘lim olishlari uchun o‘ziga xos zamonaviy 1800 o'rinli o'quv binoning qurilish ishlarini ko‘zdan kechirar ekan, quruvchilar bilan muloqot qilib, zarur tavsiya va ko'rsatmalar berdi.
Shuningdek, kirish yo‘laklari uchun joy ajratish, quruvchilarning xavfsizligi va yon-atrof tozaligini ta’minlash masalalaridagi kamchiliklar ko‘rsatilib, mas’ullarga qisqa fursatda bartaraf etish choralarini ko‘rish vazifasi topshirildi.
Shundan so'ng, rektor ta'lim muassasamizda faoliyat yuritayotgan axborot-resurs markazi faoliyatini ko'zdan kechirdi. U yerda kutubxona xodimlari tomonidan markazda jamlangan kitoblar va elektron nashrlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi. O'rganish jarayonida universitet rektori kutubxona markazini boyitish borasida mas'ullarga aniq vazifalarni belgilab berdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI