Andijon Davlat
Universiteti
Universitetda talabalarning bo’sh vaqtlari mazmunli tashkil etilmoqda
2024-06-12    231

Kuni kecha “Yoshlar oyligi” doirasida Andijon davlat universiteti Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti dekani tashabbusi bilan talabalarning darsdan bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning maroqli hordiq olishlarini ta'minlash maqsadida sport musobaqalari, tanlov, kechki konsert dasturi tashkil etildi.

Tadbir avvalida "Beshta muhim tashabbus" doirasida "Dekan kubogi" uchun turli sport musobaqalari, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida tanlovlar o'tkazildi. Oqshomning go'zal pallasida iqtidorli talabalari tomonidan kuylangan sho'x kuy-qo'shiqlar barchaga xush kayfiyat ulashdi.

Tadbir yakunida tanlov hamda sport musobaqalarida faxrli o'rinni egallagan talabalarga universitet rahbariyatining diplom va esdalik sovg'alari topshirildi.

 

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.