Andijon Davlat
Universiteti
Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotida olima va oqila ayollarning oʻrni
2024-06-08    455

Bugun, 8-iyun kuni Andijon davlat universitetida O'zbekiston xotin-qizlar "Olima" uyushmasi hamda Andijon viloyati "Oila va xotin-qizlar boshqarmasi" hamkorligida ''Fan, ta'lim va tarbiya jarayonida olima ayollarning o'rni'' mavzusida ilmiy seminar bo'lib o'tdi.

Unda Andijon viloyati “Oila va xotin-qizlar boshqarmasi” boshligʻi Gulnora Axmedova, Oʻzbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasi raisi Raxbar Murtazayeva, Andijon davlat universiteti, Fuqarolik jamiyati nazariyasi kafedra mudiri Manzuraxon Yunusova hamda viloyatdagi davlat oliy ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan ayol professor-o'qituvchi va doktorantlar ishtirok etdi.

Seminarda ma'ruzachilar tomonidan xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda oqila va olima ayollarning roli, Oʻzbekiston yosh olimalarining ilm-fanga qoʻshayotgan hissasi, oliy taʼlim tizimida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish mavzularida ma'ruzalari tinglandi va viloyat xotin-qizlar ''Olima'' uyushmasining faoliyati, ish rejalari tahlil qilindi.

Uchrashuv davomida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda oqila va olima ayollarning oʻrnini mustahkamlashga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqildi hamda ularni amalga oshirish uchun vazifalar belgilab olindi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.