Andijon Davlat
Universiteti
Universitetimizda 2023/2024-o'quv yilidagi 12-sonli Kengash yig'ilishi o'tkazildi
2024-05-28    584

Bugun, 28-may kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev raisligida 2023/2024-o'quv yilidagi 12-sonli Kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Dastlab, universitet rektori A.Yuldashev professorlik unvonini olgan bir guruh ustozlarni tabriklab, guvohnomalarini tantanali topshirdi. 

Yig'ilishda universitet rektori Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay'at qarorlari va buyruqlari bilan Kengash a’zolarini tanishtirdi va tegishli hujjatlarning ijrosini ta’minlash, topshiriqlar ijrosini nazorat qilish va talaba-yoshlarni ham qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirib borishni mas'ullarga vazifa qilib belgiladi.

 

Shundan so’ng, kun tartibidagi masalalar ko'rib chiqildi. Jumladan, Filologiya, Pedagogika va sanʼatshunoslik, Tabiiy fanlar fakultetlarida oʻquv jarayonining tashkil etilishi va taʼlim sifati bo'yicha o'rganilgan ishlar ko'rib chiqildi va universitetni xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha yaqin istiqbolda amalga oshiriladigan dasturiy rejalar muhokama etildi.

 

Yig'ilish davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan anonim so‘rovnoma natijalari tahlil etilib, korrupsion holatlarni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar, tushuntirish ishlari haqida ma'lumotlar berildi.

 

Yig'ilish so'nggida Kengash a'zolarining fikr-mulohazalari, takliflari muhokama etildi hamda yaqin istiqbolda amalga oshirilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.