Andijon Davlat
Universiteti
Universitetimizda Isboskan va Oltinko'l tumanining bitiruvchi o'quvchilari uchun ekskursiya tashkil etildi
2024-04-01    99

Bugun, 1-aprel kuni Andijon davlat universitetida Izboskan tumanining 43-7-umumta'lim maktablari hamda Oltinko'l tumanining 22-umumta'lim maktabi bitiruvchi o'quvchilari uchun ekskursiya tashkil etildi.

Ushbu ekskursiyaga O'quv ishlari bo'yicha prorektor Rustamjon Mullajonov boshchilik qildi. Dastlab, o'quvchilar o'quv binolarining joylashishi, ularda tahsil olayotgan talaba-yoshlarga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, dars jarayonlarining zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgani bilan tanishib chiqdi.

Ekskursiya davomida oliygohda tashkil etilgan laboratoriya xonalari va unda olimlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, shuningdek, universitetimizning iqtidorli, faol hamda sportchi talabalarining erishgan yutuqlari, sovrinlari bilan tanishtirildi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.