Andijon Davlat
Universiteti
Universitetimizda "Yer vaqti (kuni)" munosabati bilan “Sayyoramiz soati” respublika aksiyasi o'tkazildi
2024-03-25    112

Bugun, 25-mart kuni Andijon davlat universitetida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi masalalariga bag‘ishlangan qarorga muvofiq, "Yer vaqti (kuni)" munosabati bilan “Sayyoramiz soati” respublika aksiyasi tashkil etildi.

Bu vaqt oraligʻida universitetdagi barcha binolarda 2000 ga yaqin elektr yoritgichlari, 900 ta kompyuter texnikasi, sovutish va isitish uskunalari hamda boshqa elektr orqali foydalanish vositalari tarmoqdan uzildi.

Aksiya davomida universitetimiz rektori, professor Akramjon Yuldashev boshchiligida professor-o'qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirokida oliygohimiz hududida sayr tashkil etilib, aksiya davomida suratlar ko'rgazmasi va badiiy kitoblar yarmarkalari o'tkazildi.

Sayr vaqtida ko'kalamzorlashtirilgan maydonlar, bahoriy gullar va universitetimizga ko'rk bag'ishlovchi daraxtlar barchaning faoliyatiga yaxshi kayfiyat bag'ishlab, madaniy hordiq olishlariga zamin yaratildi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.