Andijon Davlat
Universiteti
Bakalavriat boʻyicha 3 yillik taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlanadi
2024-02-06    424

“Taʼlim sohasidagi islohotlarni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-54-son, 02.02.2024-y.) qabul qilindi

Qarorga koʻra, “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi tashkil etiladi.

Loyiha ofisi 2024-yilda quyidagilarni amalga oshiradi, jumladan:

— pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tahlil qilish;
— professional taʼlimdan soʻng oliy taʼlimni davom ettirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, 3 yillik taʼlim dasturlari asosida amaliy bakalavriat boʻyicha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish;
— taʼlim sohasida xususiy sektor ulushini yanada oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

2024-yil 1-sentyabrgacha oʻquvchilar (talabalar)ning egallagan bilimini va pedagoglarning malakalarini baholash tizimi xalqaro tajribalar asosida takomillashtiriladi.

2024–2025-yillarda:

— Professional taʼlim yoʻnalishlari, mutaxassisliklari va kasblari klassifikatori – Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga, taʼlim dasturlari esa – yangilangan kasbiy standartlar va malaka talablariga moslashtiriladi;
— kamida 14 ta professional taʼlim muassasalarining faoliyatiga tajriba-sinov tariqasida xalqaro taʼlim dasturlari, kamida 10 ta oliy taʼlim muassasasi faoliyatiga – zamonaviy boshqaruv usullari va taʼlim sifatining yuqori standartlari joriy qilinadi;
— pedagogika, qishloq va suv xoʻjaligi, texnika, axborot texnologiyalari hamda iqtisodiyot sohasiga oid taʼlim yoʻnalishlarining xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazilishi taʼminlanadi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.