Joriy yilning 4-5-mart kunlari O'zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti hamda Londondagi Vestminster universiteti qo‘shma tashabbusi bilan poytaxtimiz Toshkentda II ta'lim forumi o'tkazilishi belgilangan edi.
Bugun, 4-mart kuni Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetida O'zbekiston — Buyuk Britaniya II ta'lim forumining dastlabki kuni bo'lib o'tmoqda. Mazkur forumda Britaniyaning nufuzli oliygohlari hamda respublikamizning yetakchi oliy ta'lim muassasalari rektorlari, olimlari qatorida Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev boshchiligidagi delegatsiya a'zolari ham ishtirok etmoqda.
Forumda xalqaro grant ajratuvchi tashkilotlar, investitsiya, xalqaro ilmiy loyihalar tayyorlashda xalqaro va respublikamiz oliy ta'lim muassasalari o'rtasida hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalari muhokama etildi.
Mazkur forum doirasida Andijon davlat universiteti hamda Buyuk Britaniyaning nufuzli Goldsmiths va Royal Agriculture oliygohlari bilan hamkorlik o'rnatish bo'yicha kelishuvlar amalga oshirildi. Kunning ikkinchi qismida Norwich University for Language Education oliygohi bilan hamkorlik memorandumi imzolanishi rejalashtirildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI