Andijon Davlat
Universiteti
Oliy ta'lim muassasasi va maktab o'rtasidagi hamkorlik yanada mustahkamlandi
2024-02-19    259

Bugun, 19-fevral kuni viloyat hokimi o‘rinbosari Komiljon Sobirovich hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokida Andijon shahridagi 1-umumta’lim maktabida ta'lim sifatini oshirish, o'quvchi-yoshlarning o'z iste'dodini to'liq namoyon etishlariga har tomonlama ko'maklashish maqsadida o’qituvchi va bitiruvchi sinf o’quvchilari bilan uchrashuv o’tkazildi.

Mazkur uchrashuvda Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev tomonidan hozirgi kunda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, yoshlarni bilim olishida yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar, shuningdek, oliy ta'lim muassasalaridagi o'quv jarayonlari haqida ma'lumotlar berildi.

Tashrif so’nggida, maktab rahbariyati tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida o'zaro hamkorlikda ta'lim sifatini oshirish, fan to'garak­lari tashkil etish, asosiy fanlarni yaxshi o'zlashtirishlari uchun imkoniyat yaratish bo’yicha kelishib olindi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.