Andijon Davlat
Universiteti
Universitetimizda Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi
2024-02-14    248

Bugun, 14-fevral kuni Andijon davlat universitetining faollar zalida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan professor-o'qituvchilar hamda o'qituvchilar ishtirokida "Zahiriddin Muhammad Boburning jahon siyosati, madaniyati va ilm-fani taraqqiyotida tutgan o‘rni" mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi.

Dastlab, anjuman avvalida Bobur hayoti aks ettirilgan ijtimoiy videorolik namoyish etildi. Anjumanni Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev buyuk siymo, shoh va shoir Boburning hayot yo'llari haqidagi nutqi bilan ochib berdi.

Shundan so'ng, anjumanda so'z olgan ma'ruzachilar Boburning ibratli hayot yo'li, buyuk sarkarda, davlat arbobi bo'lishi bilan birga shoir, yozuvchi sifatida adabiyotimizga qo'shgan hissasi, shuningdek, "Boburnoma" qomusiy asarining qanchalik o'rni beqiyos ekani haqida so'z yuritdi.

Bundan tashqari, anjumanda Muhammad Yusuf ijod maktabining iqtidorli o'quvchilari tomonidan g'azal-she'rlar tarannum etildi. Tadbir davomida Bobur g'azallari bilan ijro etilgan kuy-qo'shiqlar qatnashuvchilar e'tiboriga havola etildi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.