Andijon Davlat
Universiteti
Universitetda Zahiriddin Muhammad Boburning 541 yilligiga bag'ishlangan tantanali bayram tadbiri o'tkazildi
2024-02-13    558

Ayni kunlarda respublikamizda oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, temuriy shox, isteʼdodli sarkarda, Boburiylar sulolasi asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi keng nishonlanmoqda.

 

Mazkur sana munosabati bilan bugun,13-fevral kuni Andijon davlat universitetining faollar zalida "Bobur kabi sevgin vatanni" nomli adabiy kecha bo'lib o'tdi.

 

Tantanali tadbir avvalida universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev so’z olib, Zahiriddin Muhammad Bobur haqida o’zining fikrlarini bildirib, uning saxovati va mardligi, iste’dodi, ilm-fan, san’atga muhabbati va ulkan qobilyatga ega ekanligini ta’kidlab o’tdi.

 

Tadbir davomida iqtidorli talabalar tomonidan namoyish etilgan badiiy dastur, sahna koʻrinishlari, Boburning gʻazal-u ruboiylari, shoir gʻazallari asosida ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar, raqslar tadbirga oʻzgacha fayz bagʻishladi.

 

Tadbir so'nggida faol ishtirok etgan talaba-yoshlar universitet xodimlar va talabalar kasaba uyushma qo'mitasi tomonidan esdalik sovg'alari va badiiy kitoblar bilan taqdirlandi.

 

O’tkazilgan ushbu adabiy-badiiy kecha har bir tomoshabin qalbida Bobur siymosiga chuqur hurmat va ehtirom uyg’otdi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.