Andijon Davlat
Universiteti
Universitetimizda "Ikki dunyo saodatiga erishgan zot" shiori ostida adabiy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi
2024-02-09    378

Bugun, 9-fevral kuni Andijon davlat universitetida Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan "Ikki dunyo saodatiga erishgan zot" shiori ostida bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Tantanali bayram tadbirini Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor X.Xodjamberdiyev ochib berdi. Shundan so'ng, Filologiya fakulteti dekani, professor B.Rahmonov hamda fakultet professori A.Sobirov Navoiyning ijodiy, maʼnaviy merosi, jahon sahnasida tutgan oʻrni va yoshlar tarbiyasidagi muhim jihatlari xususida atroflicha fikr-mulohazalar bildirdi. 

Tadbir davomida iqtidorli talabalar tomonidan buyuk siymoyimiz Navoiy qalamiga mansub shoh baytlar, shuningdek, Navoiy yodiga bag'ishlangan she'riy satrlar, go'zal raqs, kuy-qo'shiq va sahna ko'rinishlari namoyish etildi. Bundan tashqari, dunyoning bir qator davlatlaridan yo'llangan tabriklar o'qib eshittirildi.

Tadbir so'nggida faol ishtirok etgan talabalar universitet rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.