Bugun, 3-fevral kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida O'quv ishlari bo'yicha prorektor R.Mullajonov boshchiligida ta'lim sifati samaradorligini oshirishga qaratilgan o'quv seminari bo'lib o'tdi.
Seminar avvalida prorektor universitet ichki tartib-qoidalari, odob-axloq kodeksida ko'rsatilgan me'yorlar asosida professor-o'qituvchilar va ishchi xodimlarning kiyinish madaniyatiga qat'iy e'tibor qaratishlari zarurligi ta'kidlandi.
Shundan so'ng, idoralararo yagona elektron tizim bo'lgan Ijro intizomi haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Jumladan, tizim imkoniyatlari va unda ish hujjatlari, arizalar va shu kabi ish qog'ozlarini yuritish bo'yicha taqdimot ma'ruzalari orqali ma'lumotlar berildi.
Bundan tashqari, o'quv jarayonini tashkil etishda o'quv me'yoriy hujjatlarni taqsimlash va fakultet, kafedralarda belgilangan me'yorlarga mos ravishda ishni tashkil etish, shuningdek, hemis platformasiga axborot resurlarini tizimli joylash masalasi muhokama etilib, amalga oshirilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar belgilanib olindi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI