Andijon Davlat
Universiteti
AXBOROT XATI
2024-01-27    1076

BMT Bosh Assambleyasining 2015-yil 22-dekabr 70-sessiyasida 11-fevral -“Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” sifatida e’lon qilingan bo‘lib, mamlakatimizda keng nishonlanib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2024-yil 19-yanvar kuni o‘tkazilgan yig‘ilishning 1-sonli bayonining “Ilmli ayol-jamiyat ko‘zgusi” mavzusida ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy hamda xotin-qizlarning ilmiy salohiyatlarini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar haftaligini tashkil qilish hamda o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida “Olima ayollar-millat kelajagining tarbiyachisi” mavzusidagi xotin-qizlar respublika forumini tashkil qilish va o‘tkazish vazifasi yuklatilgan.

Forum 2024-yilning 13-fevral kuni O‘zbekiston Milliy universitetining Axborot resurs markazida o‘tkaziladi. Yetakchi olimalar bilan bir qatorda yosh iqtidorli xotin-qizlar ishtiroki ko‘zda tutilgan. Forum O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasi tomonidan quyidagi yo‘nalishlarda o‘z ishini olib boradi:

  • O‘zbekiston olimalarining tabiiy va aniq fanlar rivojiga qo‘shayotgan hissasi;
  • Yangi O‘zbekistonda uchinchi renessans poydevorini shakllantirishda ijtimoiy-gumanitar fandagi olimalarning o‘rni;
  • Jamiyat hayoti va taraqqiyotining omili-yoshlarning ma’naviy ta’lim-tarbiyasida olimalarning ishtiroki.

Forum oflayn hamda onlayn olib borilishi rejalashtirilgan. Ma’ruza tezislari konferensiya sho‘balariga 2024-yil 10-fevralgacha elektron shaklda taqdim etiladi (“telegram” bo‘yicha fayl shaklda MS Word formatda yuklanadi). 3 tilda (o‘zbek, rus, ingliz) yozilishi mumkin. Tezis hajmi A4 (210x297 mm) formatda, shrift Times New Roman 14 o‘lchamda, 1,5 interval, 5-6 sahifadan ortmasligi kerak. Tahririyat komissiyasidan o‘tmagan tezislar to‘plamga kiritilmaydi va muallifga qaytarilmaydi.

yuqoridan - 25 mm;  chapdan - 30 mm;

pastdan - 25 mm; o‘ngdan - 15 mm.

Tezis nomi katta harflar bilan yoziladi, so‘ng mualliflarning ism va shariflari (ma’ruzachi F.I.Sh. belgilab qo‘yiladi), tashkilot nomi mamlakat va shahar nomlari, telefon raqami yoziladi. Tezislar to‘plami elektron variantda konferensiya boshlangunga qadar nashr etiladi (to‘lovsiz).

Rejalashtirilgan ma’ruzalar: yalpi, sho‘ba shaklida o‘tkaziladi.

Anjuman natijalariga ko‘ra eng yaxshi ma’ruzalar anjuman to‘plamida va anjuman Online platformasida chop etiladi. Konferensiya haqidagi ma’lumotlarni http://Uzolima.uz/ saytlaridan olish mumkin.

Tashkiliy qo‘mita manzili: O‘zMU Tarix fakulteti “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” kafedrasi, 2-qavat 210-xona.

Maqolalarning elektron varintini quyidagi mas’ullarga yuboriladi:

Tabiiy fanlar:         D.A.Begmatova +99890 974 01 77

                              N.Komilova +99897 718-55-66

Gumanitar fanlar:  N.Abduraxmonova +99897 188 30 35

                              S.Madyarova +99890 394-75-77

.

 

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.