Bugun, 12-yanvar kuni Andijon davlat universitetida O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi munosabati bilan “Xalq va armiya — bir tan-u bir jon!” shiori ostida "Vatan himoyachilari kuni"ga bag'ishlangan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.
Tantanali tadbir avvalida davlatimiz madxiyasi yangradi va O'quv ishlari bo'yicha prorektor Rustamjon Mullajonov o'z so'zlari bilan tadbirni ochib berdi. Shundan so'ng, Qurolli Kuchlarimiz aks etgan ijtimoiy videorolik namoyish etildi.
Tadbir davomida Vatanparvarlikni tarannum etuvchi kuy-qo'shiqlar xonandalar ijrosida kuylandi hamda iqtidorli talaba-yoshlar tomonidan she'riy chiqishlar, raqslar havola etildi.
Tadbir so'nggida, faol ishtirok etgan tadbir ishtirokchilari universitet rektori tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI