Xabaringiz bor, universitetimiz rektori boshchiligida fakultet rahbariyatlari va o'qituvchilari jamoasi bilan 2023-yil sarhisobi bo'yicha tahliliy uchrashuvlar o'tkazilmoqda.
Joriy yilning 10-11-yanvar kunlari Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev boshchiligida Ijtimoiy-iqtisodiyot, Matematika hamda Tarix fakulteti rahbariyatlari va professor-o'qituvchilari jamoasi bilan tahliliy uchrashuvlarning yakuniy yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda fakultet dekanlari tomonidan o'tgan 2023-yilda amalga oshirilgan o'quv, ilmiy va ma'naviy-ma'rifiy ishlar sarhisobi tinglandi. Shuningdek, fakultetlar professor-oʻqituvchilarining 2023-yildagi faoliyati yuzasidan qilingan ishlari rektor hamda prorektorlar tomonidan tahlil qilinib, ilmiy himoyalar va o'quv jarayonlarini sifatli tashkil etish kabi masalalar atroflicha muhokama etildi va istiqboldagi rejalar belgilandi.
Mazkur uchrashuvlar 2024-yilda rejalashtirilgan islohotlarni amalga oshirishda katta ahamiyatga ega bo'lib, istiqbolda o'quv, ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishlarda ilmiy izlanishlar va yangi tadqiqotlar o'tkazish, ta'lim sifatini oshirish va universitet reytingini yuqori pog'onaga ko'tarishda dasturulamal bo'lib xizmat qiladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI