“2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–886, 25.12.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan 2024-yil uchun Oʻzbekistonning konsolidatsiyalashgan byudjetini shakllantirish va ijro etish bilan bogʻliq munosabatlar tartibga solindi.
Ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik milliy va davlat dasturlariga ajratiladigan grant mablagʻlarining belgilangan miqdorlari Qonunga oʻzgartish kiritilmasdan koʻpaytiriladi.
Oʻzbekiston byudjet tizimi byudjetlarining 6 oylik ijrosi yakunlari boʻyicha daromadlari prognozi bajarilmagan va joriy moliya yilining oxiriga qadar ularning kelib tushishi uchun yetarli asoslar mavjud boʻlmagan hollarda:
— respublika byudjeti umumiy xarajatlarining 3 va undan ortiq foizi miqdoridagi xarajatlarni qisqartirish Oliy Majlis palatalari tomonidan;
— 3 foizdan kam miqdordagi xarajatlarni qisqartirish Vazirlar Mahkamasi qarori asosida amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston nomidan chiqariladigan davlat qimmatli qogʻozlarining cheklangan sof hajmi 25 trln soʻm miqdorida belgilandi. 2024-yil uchun Oʻzbekiston konsolidatsiyalashgan byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 4 foizi miqdorida belgilandi.
Qonunga koʻra, jumladan, soliqlarning quyidagi turlari tumanlar va shaharlar byudjetlariga toʻliq hajmda oʻtkaziladi:
— jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi;
— jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi;
— mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyaga asosan jismoniy shaxslar tomonidan toʻlanadigan, shuningdek — YATTlar tomonidan toʻlanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;
— suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, bundan elektr stansiyalari tomonidan toʻlanadigan soliq mustasno;
— noruda qurilish materiallari boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq.
Qonun 2024-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI