Andijon Davlat
Universiteti
Universitetimiz faxriysi, fidoyi olim, professor Rustam Temirovich prezidentimiz e'tiborlarida!
2023-12-22    783

Andijon davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag'on qurbonlari xotirasi” muzeyi direktori, tarix fanlari doktori, professor Rustambek Temirovich Shamsutdinovning bugungi kunda Yangi O'zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini bunyod etishdek sharafli ishga beqiyos hissa qo'shib kelayotgani, ko'p yillik fidokorona mehnati hamda yuksak salohiyati prezidentimizning e'tiroflariga sazovor bo'ldi.

Professor R.Shamsutdinov ushbu yildagi faoliyati davomida ko'plab marralarni zabt etdi. Jumladan:
Maʼnaviyat sohasini rivojlantirishda ilmiy salohiyati, jamiyat ishidagi faol ishtiroki, mehnatsevar va vatanparvarligi bilan keng jamoatchilikning hurmatiga sazovor boʻlgan koʻplab hamyurtlarimiz qatorida “Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi;
Tojikiston respublikasining Xoʻjand shahrida joylashgan Markaziy Osiyo ilm, madaniyat va sanʼat xalq akademiyasi tomonidan Markaziy Osiyo ilm, madaniyat va sanʼat xalq akademiyasining haqiqiy aʼzosi (akademigi) unvoni topshirildi.

Harbiy xizmatdagi askarlar uchun “Oʻzbekiston tarixi” oʻquv qoʻllanmasi joriy yilning oʻzida ikki marta nashr etildi;
“Bosmachilar. Turkiston milliy kurashi tarixi (1917-1934)” asari turk tilidan oʻzbek tiliga tarjim qilindi va yangi materiallar bilan toʻldirilgan holda ilmiy jamoatchilik va keng kitobxonlar hukmiga havola etildi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori 3–darajali Davlat adliya maslahatchisi N.T.Yoʻldoshevning 40-F–sonli farmoyishiga ko'ra, qatagʻon qilingan prokuratura xodimlarining faoliyatini yorituvchi kitob nashr etilishi belgilab berilgan. Ushbu kitobni yaratish bo'yicha ishchi guruh a'zosi sifatida R.Shamsutdinov nohaq qatag'on qilingan 12 nafar prokuratura xodimlari haqida maʼlumotlarni taqdim etdi. Kitob tez kunlarda chop etilib keng jamoatchilikka taqdim etiladi

Andijon davlat universiteti jamoasi nomidan professori R.Shamsutdinovni muhtaram prezidentimiz e'tiroflariga sazovor bo'lgani bilan samimiy qutlab, mustahkam sog'lik, kelgusi faoliyatlarida ulkan zafar va shogirdlari ardog'ida bo'lib yurishlarini, yoshlarimizga ilm berishlarida kuch-quvvat tilaydi!

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.