Andijon Davlat
Universiteti
Malayziyaning Terenganu universiteti delegatsiyasi Andijon davlat universitetida
2023-12-18    455

Bugun, 18-dekabr kuni Andijon davlat universitetiga xalqaro hamkorlik doirasida Malayziyaning Terenganu universitetidan tashrif buyurgan delegatsiya a'zolari munosib kutib olindi.

Dastlab, delegatsiya a'zolari Qayta tiklanuvchi energiya manbalari labaratoriyasiga tashrif buyurib, unda texnika fanlari doktori R.Alimov olib borilayotgan tadqiqotlar, tadqiqotchi doktorant va magistrlar faoliyati, shuniongdek, olib borilayotgan ilmiy izlanishlar doirasida turli moddalardan quyosh eneregiyasini olish, foydali ish koeffitsientini oshirish borasidagi tadqiqotlar bilan tanishtirdi.

Shundan so'ng, uchrashuvda ikki oliygoh rektorlari o'zaro akademik almashinuv, ilmiy amaliyot va malaka oshirish, talabalar almashinuvi, ilmiy uchrashuvlar va yozgi maktablar tashkil etish, ilmiy tadqiqotlar olib borish singari ko'plab yo'nalishlarda muzokaralar olib bordi va hamkorlik memorandum hujjatlari imzolandi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.