Andijon Davlat
Universiteti
Universitetimizda rektor va yoshlar ochiq muloqoti o'tkazildi
2023-12-18    375

Bugun, 18-dekabr kuni Andijon davlat universiteti katta majlislar zalida "Yoshlar forumi" doirasida rektor va birinchi bosqich talabalari o'rtasida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

Uchrashuv avvalida universitetimiz rektori, professor Akramjon Yuldashev ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, oliygohda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, imtiyoz va shart-sharoitlar to'g'risida ma'lumot berdi.

Shundan so'ng, sportning boks turi bo'yicha 48 kg vazn toifasida o'tkazilgan O'zbekiston chempionatida faxrli 2-o'rinni egallagan Jismoniy madaniyat fakulteti birinchi bosqich talabasi Saida Raxmatova universitetimiz rektori tomonidan e'tirof etildi.

Uchrashuv davomida talabalar bilan savol-javoblar o'tkazildi va takliflar tinglandi. Unda ayrim taklif va muammolar joyida ijobiy yechim topdi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.