Andijon Davlat
Universiteti
Universitetda "Korrupsiya taraqqiyot kushandasi" mavzusida profilaktik tadbir o'tkazildi
2023-12-05    610

Bugun, 5-dekabr kuni Andijon davlat universitetida korrupsiyaga qarshi kurash “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo'limi hamda Andijon viloyati hokimligi, viloyat prokuraturasi hamkorligida 9-dekabr — "Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan "Aksilkorrupsiya oyligi" doirasida "Korrupsiya taraqqiyot kushandasi" mavzusida profilaktik tadbir o'tkazildi.

Tadbir avvalida Andijon viloyat hokimi o'rinbosari Komiljon Komilov korrupsion holatlar yuzasidan fikrlar bildirdi. Shundan so'ng “Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida o'tkazilgan tanlovda talabalar tomonidan tayyorlangan videoroliklar namoyish etildi.

Tadbir davomida mazkur haftalik doirasida o'tkazilgan tanlov g'olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi va unda universitet rahbariyatining qimmatbaho sovg'alarini viloyat hokimligi, prokoratura vakillari taqdirladi.

Shundan so'ng huquq tartibot idoralari va soha vakillari tomonidan kun tartibidagi mavzu: korrupsion holatlarni oldini olish va uni jamiyatimizda ildiz otishiga yo'l qo'ymaslik va uning taraqqiyotga qanchalik xavf soluvchi illat ekanligi haqida ma'ruzalar tinglandi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.