Bugun, 4-dekabr kuni Andijon davlat universitetida viloyatda xotin-qizlar manfaatini himoya qilish, onalik va bolalikni muhafaza qilish, ularning ma’naviyati hamda madaniyatini yuksaltirish maqsadida Ichki ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan "Ayol qadri" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbir avvalida ishtirokchilar kayfiyatini ko'taruvchi, ularni raqsga chorlovchi kuy-qo'shiqlar yangradi. Shundan so'ng tadbirni viloyat hokimi o'rinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig'i Gulnora Ma'rifjonovna nutq so'zlari bilan ochib berdi.
Xotin-qizlar o'rtasida jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan mazkur tadbirda mas'ullar ayollar tomonidan qayd etilgan ma'muriy va jinoiy huquqbuzarliklar ko'lami va uni qisqartirishga qaratilgan profilaktika ishlari, shuningdek, xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qiluvchi hujjat — "Himoya orderlari" to'grisida batafsil ma'lumotlar berdi.
Aytish joizki, ayollar o'rtasida jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan mazkur targ'ibot tadbirlari ayollar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar ko'lamini kamaytirishga hamda o'z huquqlarini kuch bilan emas, balki qonun bilan himoya qilishga yo'naltiruvchi dasturilamal bo'lib xizmat qiladi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI