Joriy yilning 1-dekabr kuni Andijon davlat universitetida "Konstitutsiya haftaligi" doirasida viloyat sudi hamda viloyat maʼmuriy sudi xodimlari, huquqshunos olimlar ishtirokida Qonun hujjatlari mazmun-mohiyati hamda “Konstitutsiyani o‘rganamiz”, “Konstitutsiya – adolat tantanasi” mavzularida davra suhbati oʻtkazildi.
Davra suhbatida viloyat sudi sudyasi N.Rasulov tomonidan soʻnggi yillarda iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy-maʼrifiy hayotning turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va bu borada erishilayotgan natijalarni mustahkamlashda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning oʻrni va roli, “Oʻzbekiston-2030” strategiyasining ustuvor yoʻnalishlari xususida soʻz yuritildi.
Shuningdek, mas'ullar normativ-huquqiy hujjatlar: ta'lim muassasalarida o'quv-tarbiya jarayonida o'quvchilar va talabalar bilan yuz bergan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibi to'g'risidagi nizom, ta'lim muassasalari o'quvchilaridan iborat sport jamoalari o'rtasida ommaviy sport tadbirlarini o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizomlarning mazmun-mohiyati haqida tushuntirish ishlari olib bordi.
Muloqotda ishtirok etgan talabalarga “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish” toʻgʻrisidagi qonun hamda mamlakatimizda ayni yoʻnalishda olib borilayotgan amaliy saʼy-harakatlar xususida ham batafsil maʼlumotlar berildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI