Andijon Davlat
Universiteti
"Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni" munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi
2023-12-01    592

Bugun, 1-dekabr kuni Andijon davlat universiteti katta majlislar zalida "Konstitutsiya haftaligi" doirasida "Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni" munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Tantanali tadbir avvalida davlatimiz madxiyasi yangradi va ijtimoiy videorolik namoyish etildi. Tadbirni universitetimiz rektori, professor Akramjon Yuldashev nutq so'zi bilan ochib berdi.

Shundan so'ng, universitetimiz talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan videorolik havola etilib, iqtidorli talabalar ijrosida kuy-qo'shiqlar, she'riy chiqishlar va sahna ko'rinishlari namoyish etildi.

Tadbir so'nggida, faol ishtirok etgan talaba-yoshlar universitetimiz rektori tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.