Andijon Davlat
Universiteti
Tomsk davlat universitetida dotsent Dilshodbek Nurmatov tomonidan ma'ruza mashg'ulotlari olib borildi
2023-11-29    573

Joriy yilning 20-25-noyabr kunlari Andijon davlat universiteti Iqtisodiyot kafedrasi dotsenti Dilshodbek Nurmatov hamkorlik doirasida ma'ruza mashg'ulotlarini olib borish maqsadida Rossiyaning Tomsk davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Ma'ruza mashg'ulotlarini Tomsk davlat universiteting Iqtisodiyot va menejment instituti Menejment va Iqtisodiyot 3-bosqich bakalavriat yoʻnalishlari talabalari bilan olib bordi. Bundan tashqari, tashrif doirasida Tomsk davlat universitetining masofaviy taʼlim instituti faoliyati bilan tanishib chiqdi.

Shuningdek, 23-25-noyabr kunlari o'tkazilgan Tomsk davlat universitetining 145 yilligi va Tomsk davlat universitetida iqtisodiy taʼlimning 125 yilligiga bag'ishlangan “XIII Экономические чтения: Глобальные вызовы и векторы регионального социально-экономического развития” mavzusida konferensiya o'tkazildi.

Mazkur konferensiyada dotsent Dilshodbek Nurmatov ham “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida inson kapitalini rivojlantirish xususiyatlari (O'zbekiston misolida)” mavzusidagi ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.