"O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Surxondaryo viloyatidagi jamoat tashkilotlari yig'ilishida mamlakatimizda suvni tejash borasida qilinadigan asosiy vazifalar" to'g'risidagi nutqi ijrosini ta'minlash bo'yicha bugun Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida "Nuroniylar" jamg'armasi faol a'zolari va talaba-yoshlar o'rtasida "Uch avlod uchrashuvi" bo'lib o'tdi.
Tadbir avvalida "Suv tejamkorligi" mavzusida ijtimoiy videorolik namoyish etildi va tadbirni Andijon davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori Xurshidbek Xodjamberdiyev ochib berdi.
Tadbir davomida "Nuroniylar" jamg'armasi raisi O'ktam Nabiyevich so'z olib, suv resurslaridan samarali foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish bugungi kundagi dolzarb masala ekanligi haqida so'z yuritdi.
Shuningdek, suvdan me'yorida foydalanish, uni isrof qilinishning oldini olish borasida keng qamrovli fikrlarini bildirib o'tdi.
Suhbat davomida bildirilgan fikrlardan xulosa chiqargan holda talaba-yoshlar suv tejamkorligi, undan ehtiyojimizga yarasha foydalanish, atrof-muhitga zarar yetkazmaslik kabi masalalarni o'ziga dasturilamal qilib oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI