Andijon Davlat
Universiteti
"Bir million dasturchi" loyihasining uzbekcoders.uz platformasi orqali online kurslarda tahsil oling!
2023-11-28    883

Endilikda, "Bir million dasturchi" loyihasi doirasida 1,2 million O'zbekistonlik yoshlar dasturlash asoslarini Coursera online oʻquv kurslari orqali bepul o'rganishlari hamda xalqaro IT Sertifikatga ega bo'lishlari mumkin bo'ladi.

Unda bepul kurslar dasturiga kiritilgan quyidagi yo'nalishlarda ta'lim olishlari mumkin:
data science;
sunʼiy intellekt;
texnologiya;
biznes va soft skills boʻyicha (10 000 ta kurs.).

Xalqaro IT sertifikatga ega bo‘lgan yoshlarga:

Kompyuter xaridi uchun imtiyozli isteʼmol kreditlari ajratiladi;

Kompyuter xaridlari uchun ajratiladigan mablagʻlar yoshlar xohishiga koʻra alohida ochilgan bank kartasiga (naqdlashtirish imkoniyatisiz) oʻtkazishga ruxsat beriladi;

Onlie kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlar saralanib, xalqaro miqyosda ish faoliyatini yuritish koʻnikmalari shakllantiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qoplab berilgan yoshlar soni 2021-yil 19-maydagi 310-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida yoshlarni IT sohasida salohiyatini oshirish bo‘yicha xalqaro IT-sertifikatlarini olish uchun 50 foizgacha xarajatlarini qoplash tizimi joriy etildi.

Batafsi ma'lumot:
COURSERA 
IT sertifikatlar ro'yxati 
Tartibi 

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.