Andijon Davlat
Universiteti
Talaba-yoshlar o'rtasida "Osh chempionati" o'tkazildi
2023-11-15    964

Bugun, 15-noyabr kuni Andijon davlat universitetida 17-noyabr — "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan tashkil etilgan "Talabalar haftaligi" doirasida talaba-yoshlar o’rtasida “Istiqlol mash’ali tinchlik posboni” shiori ostida fakultetlararo osh musobaqasi bo'lib o'tdi.

Ushbu musobaqada fakultetlardan 9 jamoada oshpazlikda mahoratli talabalar milliy taomimiz bo'lmish palovni tayyorlab, o‘zaro bellashdi.  

Tanlov yakuniy natijalariga ko'ra:

1 - o'rinni — Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti;
2 - o'rinni — Jismoniy madaniyat fakulteti;
3 - o'rinni — Tarix hamda pedagogika va san'atshunoslik fakultetlari.

Quyidagi nominatsiyalar bo'yicha:
1. "Eng yaxshi kreativ yondashuv" nominatsiyasi bo'yicha Tabiiy fanlar fakulteti jamoasi;
2. "Eng yaxshi ijodkor oshpaz" nominatsiyasi bo'yicha Fizika fakulteti jamoasi;
3. "Eng faol ishtirokchilar" nominatsiyasi bo'yicha Matematika va Filologiya fakultetlari jamoalari taqdirlandi.

G'olib bo'lgan “Mohir oshpaz” talabalarimiz universitet ma'muriyati tomonidan "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan o'tkaziladigan tantanali tadbirda taqdirlanadi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.