
"Aql ila olam yuzini obod qil,
Xulq ila olam elini shod qil."
Navoiy 1441-yil 9-fevral kuni Xuroson davlatining poytaxti — hozirgi Afg‘oniston hududidagi Hirot shahrining Bog‘i Davlatxona mavzesida tug‘ilgan. Vafoti: 1501-yil 3-yanvar.
Alisher Navoiy ikki tilda mukammal ijod qilgan. Turkiy tilda “Navoiy”, forsiy tilda esa “Foniy” taxalluslarini qoʻllagan. Adabiy va ilmiy merosini 4 faslga boʻlish mumkin: 1. Devonlari. 2. Dostonlari. 3. Forsiy tildagi sheʼriy merosi. 4. Ilmiy-filologik, nasriy va tarixiy asarlari.
Ijodiy merosi: “Xazoyin ul-maoniy” (“Gʻaroyib us-sigʻar”, “Navodir ush-shabob”, “Badoe ul-vasat”, “Favoyid ul-kibar”), “Xamsa” ( “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sabʼai sayyor”, “Saddi Iskandariy”, “Lison ut-tayr”, “Majolis un-nafois”, “Mahbub ul-qulub”, “Munshaot”, “Xamsat ul-mutahayyirin”, “Holoti Sayyid Hasan Ardasher”, “Holoti Pahlavon Muhammad”, “Nazm ul-javohir”, “Muhokamat ul-lugʻatayn”, “Mezon ul-avzon”, “Tarixi anbiyo va hukamo”, “Tarixi muluki Ajam”, “Arbaʼin”, “Siroj ul-muslimin”, “Munojot”, “Nasoyim ul-muhabbat ”, “Devoni Foniy”.
Lavozimlari:
1469-1472-yillarda muhrdor;
1472-1476-yillarda vazir;
1487-1488-yillarda Astrobod shahriga hokim;
Husayn Boyqaro tominidan Navoiyga „muqarrabi hazrati sultoniy“ (sulton hazratlarining eng yaqin kishisi) unvonini berilgan.
1947-yilda Komil Yormatov "Alisher Navoiy" filmini suratga olgan. 2021-yilda Navoiy tavvaludining 580 yilligi keng nishonlangan.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI