Andijon Davlat
Universiteti
UNIVERSITETIMIZ OLIMI OKSFORDDA MA'RUZA O'QIDI
2023-05-13    187

Andijon davlat universiteti dotsenti, Tarix fakulteti dekani Ravshanbek Shamsitdinov Oksford universiteti (jaxon universitetlari reytingida: THE bo‘yicha – 1 o‘rinda, QS bo‘yicha – 4 o‘rinda) professori Alexander Morrison taklifiga binoan joriy yilning 28-may sanasidan 6-iyunga qadar xizmat safari bilan Buyuk Britaniyada bo‘lib qaytdi.

Safar davomida O'zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti R.Shamsitdinov Oksford va Kembridj universitetlari o‘rtasida xalqaro hamkorlik doirasida ilmiy-akademik almashuvlarni faollashtirish borasida uchrashuvlar, muzokaralar olib bordi va ijobiy natijalarga erishdi. 

Oksford universitetining dunyoga mashxur kitoblari va qo'l yozmalarga juda boy bo'lgan (13 milliondan ortiq) 1602-yildan buyon uzluksiz ravishda faoliyat ko'rsatayotgan Bodleyn kutubxonasiga Andijon davlat universiteti professor, Qatag'on qurbonlari xotirasi muzeyi direktori Rustam Shamsutdinovning O'zbekiston tarixiga doir bir qator kitoblari, “Vodiynoma” jurnalining 25 ta soni va universitetimiz haqidagi albom-kitob sovg'a tariqasida topshirildi.

Oksford universiteti New College Osiyo va Yaqin Sharq tadqiqotlari fakultetining Nizomiy Ganjaviy nomidagi Markazida O‘rta Osiyo tarixiga bag‘ishlangan an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan 6-seminarda Oksford universitetining Wadham College professori Edmund Herzig, St. Antony’s College professori Zbigniew Wojnowski, University of East Anglia professori Thomas Otte va New College ning bir qator dotsentlari, doktorantlari, magistrlari va talabalari hamda u yerda ilmiy stajirovkada bo‘lgan Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon, Gruziya va O‘zbekistonlik dotsent va doktorantlar ishtirok etdi va ushbu seminarda Ravshanbek Shamsitdinov "Sovet O‘zbekistonida Katta qirg‘in: mexanizmlari, uslublari va vositalari" mavzusida ma’ruza o‘qidi.

Seminar davomida dunyoning nufuzli universitetlarining olimlari, seminar qatnashchilari O'zbekiston olimlarini vatanimizning ko‘hna va boy tarixi bo‘yicha chuqur bilimlarga ega ekanligi hamda unga bo‘lgan katta e’tiborlari ular tomonidan ma’ruzachiga berilgan ko‘plab savollarda ham namoyon bo‘ldi.

Seminar so'nggida qatnashchilar ma’ruzadan va javoblardan diyorimiz tarixining sovet davriga oid ko‘plab yangi ma’lumotlar olganligini e’tirof etib, tarix fanlari nomzodi, dotsent R. Shamsitdinovga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etishdi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.