Andijon Davlat
Universiteti
Universitetning 38 nafar talabasiga IIBning maxsus ko'krak nishoni topshirildi
2023-05-19    728

Bugun, 19-may kuni Andijon davlat universitetida Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida universitet talabalariga “Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish” mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Suhbat avvalida birinchi prorektor X.Xodjamberdiyev so'z olib, respublikamizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida sezilarli darajada yaxshilashga erishilayotganligi to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Shundan so'ng, viloyat huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Bekmurod Yunusov talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarni tizimli tashkil etish, turli zararli oqimlar ta’siriga tushib qolishdan asrash, yoshlarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini ta’minlashga qaratilgan muhim vazifalarni o‘z vaqtida bajarish zarurligi haqida so‘z yuritdi.

Uchrashuv davomida universitetda talabalar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tadbirlarida faol ishtirok etib, talabalar orasida o'rnak bo'lib kelayotgan bir guruh iqtidorli talabalar IIBning maxsus ko'krak nishonlari bilan taqdirlandi.

 

Muloqot tarzida o‘tgan davra suhbatidan yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.