Bugun, 19-may kuni Andijon davlat universitetida viloyat narkologiya sud bosh eksperti, Ichki ishlar boshqarmasi mas'ul xodimlari ishtirokida "Giyohvandlikning tarqalishiga qarshi kurashish" mavzusida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda narkologiya sud bosh eksperti Shuhrat To'raqulov talaba-yoshlarga giyohvand moddalar iste'mol qilishning ayanchli oqibatlari, iloji boricha ushbu og‘u domiga tushib qolishdan ehtiyot bo‘lish hamda bugungi kunda mamlakatimizda giyohvandlikka qarshi kurash bo‘yicha ko‘rilayotgan keskin choralar xususida gapirib o‘tdi.
So'ng, IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimi Farux Tillayev giyohvandlikning yoshlar o'rtasida tarqalishini oldini olish, giyohvand moddalar iste'mol qilishning zararli oqibatlari va ushbu jirkanch yo'lda yurganlar uchun qonun muqarrar ekanligini ta'kidladi.
Tadbir so'nggida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga soha mutahassislari tomonidan atroflicha javob oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI