Andijon Davlat
Universiteti
MILLIY LIBOSLAR – MILLIY QADRIYATLAR BEZAGI
2023-05-05    875

Liboslar – har bir xalq tarixi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, u milliy o‘ziga xoslikni aks ettiradi. Liboslar turli etnik belgilari bilan ham ajralib turadi.

Joriy yilning 4-may kuni Andijon davlat universitetining talabalar turar joyida xotin-qizlar oʻrtasida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada yaxshilash, milliy qadriyatlarimiz va anʼanalarimiz, milliy libosimizni keng koʻlamda targʻib etish maqsadida "Milliy liboslarimiz – milliy qadriyatlarimiz bezagi" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda tarbiyachi pedagoglar, kutubxona mudiralari, tyutor Dilfuza Xadjayeva va talaba-qizlar ishtirok etdi.

Tadbirda soʻz olganlar ajdodlarimizdan bizga milliy liboslarimiz orqali goʻzal maʼnaviyat, betakror did va madaniyat, qadriyatlar, meros boʻlib kelayotganini, shuningdek, milliy liboslarimiz tarixini oʻrganish, ularni ardoqlash va yanada rivojlantirishni targʻib qilish, asrlar mobaynida sayqal topib kelgan milliy anʼana va urf-odatlarimizni mustahkamlash yoʻlidagi ezgu amallarimizni yoshlarimiz davom ettirish kerakligini taʼkidlab oʻtishdi.

Tadbirda ijro etilgan oʻzbek mumtoz qoʻshiqlari davraga oʻzgacha fayz bagʻishladi. Ayniqsa, jismoniy madaniyat fakultetining faol talaba-qizlari tomonidan oʻzbek milliy matosi va zamonaviy mato uygʻunligida yaratilgan talabalar libosi tadbir ishtirokchilari eʼtirofiga sazovor boʻldi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.