Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI OXFORD UNIVERSITETI BILAN XALQARO HAMKORLIK ALOQALARINI MUSTAHKAMLAMOQDA
2023-04-01    624

Ma'lumki, Oxford unversiteti Jahon universitetlari reytingida THE tizimi bo'yicha 1- o'rinni, QS bo'yicha esa 4 - o'rinni egallab turgan va 800 yildan ziyod tarixga ega dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri hisoblanadi.

Bugun, 1-aprel kuni Andijon davlat universitetiga Buyuk Britaniyaning Oxford universiteti professori Aleksander Morrison tashrif buyurdi.

Tashrif davomida professor Aleksander Tarix fakultetining 3-4-bosqich talabalariga "O'rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi" va "Markaziy Osiyoda ingliz-rus raqobati" mavzularida ma’ruza o’qidi. Ma'ruza so'nggida ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollar bilan faol qatnashib, Aleksander Morrison tajribalari bilan tanishdilar.

So'ng Aleksander Morrison ta'lim muassasamiz tuzulmasidagi "Qatag'on qurbonlari" xotirasi muzeyda bo'lib, u yerda tarix fanlari doktori, professor Rustambek Shamsitdinov bilan uchrashdi va yurtimiz ozodligi, erkinligi va mustaqilligi uchun olib borilgan ko‘p yillik mashaqqatli kurashlarni haqqoniy va to'laqonli aks ettirgan muhim voqealar va uning ozodligi yo'lida jonini fido qilgan insonlar hayoti bilan tanishdi.

Tashrif doirasida professori Aleksander Morrison universitet rektori, professor Akramjon Yuldashev qabulida bo'lib, ikki universitetning xalqaro hamkorligi rivoji uchun o’zlarining takliflarini bildirdi va hamkorlikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish borasida muzokaralar olib bordilar.

Shundan so‘ng, universitetning faoliyati bilan tanishib, o‘quv jarayonidagi yangilanishlar, oliygohda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar, talaba-yoshlarning  vatanparvarlik fazilatlarini yuksaltirish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar, bir so‘z bilan aytganda, Andijon davlat universitetining zamonaviy imkoniyatlari professor Aleksanderda katta qiziqish uyg‘otdi.

Ikki tomonlama muzokaralar davomida Tarix fakulteti dekani Ravshanbek Shamsutdinov hamda professor Aleksander Morrison o‘zlarining bugungi va kelajakdagi rejalari, inovatsion g‘oyalar bilan ishlash prinsiplari va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.