Kuni kecha Andijon davlat universitetida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Intellektual mulk agentligi vakillari tomonidan “Ixtiro va foydali model. Talabnomani tayyorlash, ish yuritish va ekspertiza jarayoni. Xorijda patentlash amaliyoti, patentlashga oid turli savollar” va “Mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash” mavzularida seminar trening o'tkazildi.
Seminarda Andijon davlat universitetining professor-o’qituvchilari, yosh olimlari, doktorantlar va magistrlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Intellektual mulk agentligi vakillari Rahmonov Sunnatulla va Abdukadirov Ikromjonlar tomonidan “Ixtiro va foydali modelga talabnoma tuzish, ish yuritish va ekspertiza jarayoni, xorijda patentlash amaliyoti”, “Patent bazalaridan foydalanish” hamda “Mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash” to'g'risida ma'ruza qilindi.
Seminar yakunida olingan bilimlarni mustahkamlash uchun barcha ishtirokchilar intellektual mulk to'g'risidagi savollarga javob oldilar va axborotlarni o'z ichiga olgan buklet va materiallar topshirildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI