Ayni damda mamlakatimizning 20 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari rektorlari, bundan tashqari vazirlik va turli tashkilotlar vakillari bilan birgalikda Fransiyaning Parij shahrida Fransiya-Oʻzbekiston universitetlari II forumida ishtirok etyapmiz.
Ushbu forumning Muhtaram Prezidentimizning Fransiyaga tashrifidan soʻng tashkil etilishida oʻziga xos maʼno bor. Soʻnggi yillarda Yevropa ittifoqi, xususan Fransiya bilan savdo-iqtisodiy, texnologik va ijtimoiy-gumanitar sohalarda, jumladan, taʼlim sohasida hamkorlik aloqalarida oʻsishga erishildi. Prezidentimiz oʻz tashrifi davomida aynan oliy taʼlim sohasida hamkorlikka oid qator masalalarni muhokama qilgan edi.
Bugun Parijda ikki mamlakatdan 500 ga yaqin rektorlar, ilmiy doira vakillari, professorlar, ishlab chiqarish sohasi vakillari ishtirokida “Campus France–2022” hamda Oʻzbekiston-Fransiya II forumi ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Forumning eng ahamiyatli jihati, ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalari vakillari toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotga kirishib, hamkorlik istiqbollari boʻyicha muzokaralar olib bordilar.
Biz ham forum ochilish marosimidan keyin Fransiyaning yetakchi oliy oʻquv yurtlaridan boʻlgan Parij universiteti (Cité universitaire de Paris)da boʻldik. Dastlab, ushbu universitet bilan tanishib, oʻquv jarayoni, talabalar hayoti bilan tanishdik. Universitet vakillari bilan akademik hamda ilmiy hamkorlik masalalari boʻyicha muzokaralar olib bordik.
Muzokaralar yakunlari boʻyicha qoʻshimcha axborot berib borishga harakat qilaman.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI