Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yiI 11-apreldagi PQ-201-son qarori bilan tasdiqlangan mahallalarda yoshlar oʻrtasida ommaviy sportni yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturining 18-bandida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon davlat universitetining ADU sport klubi tomonidan sport turlari boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish dasturi ishlab chiqilib, tasdiqlandi.
Universitet talabalarining xohish va istaklaridan kelib chiqib, ular oʻrtasida doimiy ravishda sportning barcha turlari bo`yicha musobaqalar, rektor kubogi musobaqalari tashkil qilib kelinmoqda.
Jumladan, 2022-yil 6-7 yanvar kunlari Andijon davlat universitetida “Rektor kubogi”ga bag‘ishlab, fakultetlararo yigit va qizlar o‘rtasida sportning yengil atletika turi, professor-o`qituvchi va ishchi xodimlar o`rtasida voleybol turi bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi.
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlab talabalar oʻrtasida 17-19-yanvar kunlari sportning armrestling, shaxmat shashka sport turlari boʻyicha fakultetlararo sport musobaqasi oʻtkazildi.
9-10-fevral kunlari “Rektor kubogi”ga bag‘ishlab, fakultetlararo talabalar o‘rtasida sportning mini futbol, voleybol, yengil atletika turlari bo‘yicha estafetalar o‘tkazildi.
23-25-fevral kunlari “Sog`lom turmush tarzi”ga bag`ishlab, talabalar turar joylarida talabalar o`rtasida sportning stol tennis, shaxmat, shashka turi bo`yicha sport musobaqasi oʻtkazildi.
24-25-fevral kunlari “Rektor kubogi”ga bag‘ishlab, fakultetlararo talabalar o‘rtasida sportning stritbol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
4-5-mart kunlari 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab, “Xotin-qizlar qo‘mitasi sovrini” uchun fakultetlararo talaba-qizlar o‘rtasida sportning badminton, voleybol va stol tennisi turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.
21-mart - Navroʼz umumxalq bayramiga bagʼishlangan sport musobaqasi tashkil etilib, 14-17-mart kunlari talabalar hamda ishchi-xodimlar oʻrtasida sportning 4 turi boʼyicha voleybol, mini futbol, qiyiq tortish, arqon tortish sport musobaqalari oʻtkazildi.
2022-yil 23-martdan 3-aprel kuniga qadar Andijon davlat universitetining professor- oʼqituvchilari Qoraqalpogʼiston Respublikasining Kegeyli tumanida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, sport musobaqalarini tashkil etib, mobil metodik yordam koʼrsatdilar va oʼzaro fikr almashdilar. Shuningdek oʻquvchi yoshlarni sportga boʻlgan qiziqishlarini oshirish maqsadida turli xil sport oʻyinlarini tashkil etdilar
9-may - Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlab, 12-14-may kunlari universitetda professor-oʻqituvchi va ishchi xodimlar oʻrtasida “mini futbol”, “voleybol” xotira turniri oʻtkazildi.
21-26-may kunlari Andijon davlat universitetida fakultetlararo talabalar oʼrtasida sportning 6 turi boʻyicha yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarining ommaviyligini oshirish, yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan keng qamrab olish maqsadida musobaqalar oʻtkazildi.
24-29-may kunlari Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʼrtasida “Yangi Oʼzbekiston yoshlarimiz” shiori ostida mini-futbol boʼyicha “Students” Cup” musobaqasi Toshkent shahrida joylashgan “Bunyodkor” futbol akademiyasida sportning mini-futbol turi boʼyicha Respublika final bosqichida universitet jamoasi ishtirok etib, 1-oʻrinni qoʻlga kiritdilar.
2-5-iyun kunlari Toshkent shahrida talabalar oʼrtasida oʼtkazilgan sportning “Talabalar ligasi” sport musobaqasi regbi -7 turi boʼyicha respublika musobaqasida universitet jamoasi ishtirok etdi.
15-iyun kuni “Yoshlar oyligi” doirasida “Rektorat” va “Yoshlar” jamoalari oʻrtasida Andijon davlat universitetining yozgi “Arena” maydonida futbol shousi boʻlib oʻtdi, shouda “Yoshlar” jamoasi gʻolib boʻldi.
24-25-iyun kunlari Kegeyli tumanidan yoshlarni tashrifi munosabati bilan Andjon davlat universitetida yoshlar o`rtasida “Zakovat” intellektual o`yini, voleybol, stol tennis musobaqalari erkaklar o`rtasida suzish, shaxmat va shashka musobaqalari o`tkazildi.
2022-2023-oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan Andijon davlat universiteti huzuridagi akademik litsey, kasb-hunar texnikumi talabalari oʻrtasida “Kasb-hunardan ilm-maʼrifat sari” shiori ostida 15-iyul kuni sportning shaxmat, voleybol, stol tennisi, Workout turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi.
27-avgust kuni “O`zbekiston futbolining 110 yilligi”ga bag`ishlab, futbol bo`yicha Andijon viloyati hokimi kubogi va viloyat birinchiligi 2-liga musoqalarida Andijon davlat universiteti futbol jamoasi ishtirok etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillik bayramiga bag`ishlab, 2022-yil 7-8-sentabr kunlari talabalar o`rtasida “ADU futbol ochiq turniri” hamda professor-o`qituvchi va ishchi-xodimlar o`rtasida “ADU voleybol ochiq turniri” o`tkazildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI