
Universiteti

YUNESKO Polsha Respublikasi hukumatining muhandislik sohasidagi 2018 yil uchun stipendiyalar tanlovi e’lon qilinganligini ma’lum qilamiz. Mazkur stipendiyalarning asosiy maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlarda muhandislik sohasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan yosh mutahassislarni qo‘llab-quvvatlashdir. Tanlovda tanlab olingan nomzodlar Polsha Respublikasida 6 oy davomida quyidagi sohalar bo‘yicha o‘qib, malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar:
- Biotibbiyot muhandisligi;
- Geodeziya va kartografiya;
- Qayta tiklanadigan energiya, quyosh energiyasi;
- Amaliy geologiya;
- Materialshunoslik, keramik kompozit materiallari;
- Transport muhandisligi;
- Muammoga asoslangan muhandislik;
- Konchilik muhandisligi;
- Geologiya;
- Geologiya, minerologiya, geokimyo, iqtisodiy geologiya;
- Avtomatika nazorat va robotlashtirish;
- Kompyuter nigohi;
- Parmalash muhandisligi;
- Iqtisodiy sotsiologiya va iqtisodiyot;
- Konchilik qurilmalari;
- Konchilik avtomatikasi;
- Geoturizm va geologiya.
Tanlovda xujjatlar joriy yilning 2 aprel kuniga qadar YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiya kotibiyati tomonidan qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun: Xalqaro aloqalar bo‘limiga murojat qilishingiz mumkin. Tel : +998902172076/ +998937877150
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@adu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI