Andijon Davlat
Universiteti
MOSKVADAGI BARQAROR ENERGIYANI RIVOJLANTIRISH XALQARO MARKAZIGA STAJIROVKA
2018-03-13    4965

YUNESKO va Rossiya Federatsiyasi xukumati 2018 yil uchun barqaror va qayta tiklanadigan manbalar soxasida stipendiyalar tanlovini e’lon qilmoqda.Tanlovda g‘olib chiqqan nomzodlar 2018 yil 1-26 oktabr kunlari mobaynida Rossiya Federatsiyasidagi Barqaror energiyani rivojlantirish xalqaro markazida (Moskva sh) quyidagi soxalar bo‘yicha malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar:

-Energiya va barqaror rivojlantirish;

-Energiya manbalarini ekologik boshqaruvi ;

-Qayta tiklanadigan manbalar;

-Barqaror va qayta tiklanadigan manbalardan elektr quvvatini ishlab chiqarish.

Tanlovda eng kamida bakalavr darajasiga ega bo‘lgan,              35 yoshdan oshmagan, jismonan sog‘lom va ingliz tilida erkin so‘zlasha oladigan stajyor-tadqiqotchi, yosh o‘qituvchilar qatnashish imkoniyatiga ega.

Barcha sarf-harajatlar stajirovka tashkilotchilari tomonidan qoplanadi.

Shu munosabat bilan mazkur tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etilgan nomzodlarning hujjatlari rektor xati bilan birga 2018 yil 15 martdan kechiktirilmagan holda universitetning xalqaro aloqalar bo‘limiga yuborilishini so‘raymiz.

Hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun telefon raqami:  +998902172076/+998937877150 ga murojat qilishingizni so‘raymiz.

Xalqaro aloqalar bo‘limi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.