Andijon Davlat
Universiteti
XITOY XALQ RESPUBLIKASIGA STAJIROVKA
2018-03-12    5554

2018-2019 o‘quv yili sentabr oyidan boshlab Xitoy Xalq Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida 1 yil davomida stajirovka o‘tash uchun Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rtasida 1999 yil 8 noyabrda imzolangan Bitimga binoan 20 ta stipendiya hamda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasida 20 stipendiya, umumiy hisobda 40 ta stipendiya ajratildi.

XXRda yashash va stajirovka o‘tash bilan bog‘lik barcha xarajatlar (viza, chiptalar, Xitoyda tibbiy ko‘rikdan o‘tish to‘lovlardan tashqari) Xitoy tomonidan,Toshkent-Pekin-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar esa Oliy o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qoplanadi. Stipendiya 500 AQSh dollari xajimida.

Stajirovkaga uchun o‘tkaziladigan tanlov ishtirokchilari 3 yil davomida XXR yoki boshqa xorijiy davlatlarning grant yoki stipendiyalarini olmaganlar qatoridan bo‘lishi tavsiya etiladi. Shu bilan birga tanlovga boshlang‘ich  va bitiruvchi kurslardan nomzod  tavsiya etish maqsadga muvofiq emasligini inobatga olishingizni so‘raymiz. Hujjatlar  topshirish muddati 2018 yil 20 martga qadar.

Qo‘shimcha ma’lumotni universitetning Xalqaro aloqalar bo‘limidan (+998902172076) olishingiz mumukin.

Farxod ALIMOV
Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.