Andijon Davlat
Universiteti
"FIZIKA" KAFEDRASI BILAN HAMKORLIK
2018-03-03    5705

Shu yilning fevral oyida Andijon viloyati "Pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish" inistitutida malaka oshirayotgan "Fizika" fani o'qituvchi – pedagoglarni Andijon davlat universiteti "Fizika" kafedrasi professori, O'zRFA akademigi S.Zaynobiddinov hamda Fizika kafedrasi professor – o'qituvchilari o'qitmoqdalar. "Pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish" inistituti o'qituvchilariga fizika o'qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida dars o'tish va amliy ishlarni nazariyaga bog'lash Andijon davlat universitet professor – o'qituvchilari hamkorligini davom ettirish maqsadida, bir hafta davomida Fizika – matematika fakultetida joylashgan o'quv laboratoriya xonalarida laboratoriya o'tkazish va ular bilan tanishish yo'lga qo'yildi. Shunday jonkuyar ustozlardan biri Y.Mamatoxunovdir.

Malaka oshirayotgan o'qituvchilarga Y.Mamatoxunov zamonaviy jixozlar bilan jixozlangan "Optika" fani laboratoriya xonasidagi barcha laboratoriya jixozlarini va laboratoriya o'tkazish jarayonini tushuntirib berdi. Shundan so'ng malaka oshirayotgan o'qituvchi – pedagoglar davomiy hamkorlikni yo'lga qo'yish istagini bildirdilar.

Jamshidbek QAHHOROV
Fizika kafedrasi o'qituvchisi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.