Andijon Davlat
Universiteti
KIMYO, BIOLOGIYA, AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA FIZIKA FANLARI BO'YICHA FAN OLIMPIADASINING UNIVERSITET BOSQICHI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI
2022-05-12    906

Ma’lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020-yil 12-avgustdagi “Kimyo va biologiya yo'nalishlarida uzluksiz ta'lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4805-son qarori, 2020-yil 6-oktabrdagi “Axborot texnologiyalari sohasida ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4851-son qarori hamda 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi talim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-5032-son qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini taminlash maqsadida universitetimizda ko'p bosqichli fan olimpiadasi o’tkazib kelinmoqda.

Bugun, 12-may kuni Andijon davlat universitetida kimyo, biologiya, axborot texnologiyalari va fizika fanlari bo’yicha yakuniy fan olimpiadasining universitet bosqichi o’tkazildi.

Ushbu fan olimpiadasida barcha bosqichlardan g’olib bo’lib kelayotgan jami 40 nafar o’quvchi-yoshlar ishtirok etib g'oliblik uchun murosasiz bahs olib bordilar.

Fan olimpiadasining universitet bosqichida imtihon jarayonlarini adolatli va shaffof tarzda o’tkazilishini ta'minlash maqsadida universitetimizning kuchli mutaxassis professor-o’qituvchilari nazorat qilib bordi.

Yakuniy natijalarga ko'ra kimyo yo'nalishi bo'yicha 1-o'rinni Erkinboyev Javlonbek Lochinbek o'g'li, 2-o'rinni Voxidov Axrorbek Abdurahmon o'g'li hamda 3-o'rinni Mo'minjonov Mirzaoyat Xusanboy o'g'li egalladi.

Biologiya yo'nalishi bo'yicha 1-o'rin Olimjonova Rayhona Xayrullo qiziga, 2-o'rin Azimova Komilaxonga va 3-o'rin Odilova Mohlaroyim Abdullajon qiziga nasib etdi.

Shuningdek, axborot texnologiyalari yo'nalishi bo'yicha 1-o'rinni Xakimjonov Xasanboy Avazbek o'g'li, 2-o'rinni Xasanov Murodjon Diljonbek o'g'li va 3-o'rinni Abdusamatov Xushnudbek Murpodiljon o'g'li egalladi.

Fizika yo'nalishi bo'yicha 1-o'rinni Sayibova Muslima Dilmurod qizi, 2-o'rinni Aliyev Nurullojon Axmadullo o'g'li hamda 3-o'rinni Saidahmedov Umarali Mehmonxo'ja o'g'li qo'lga kiritdi.

 

Fan olimpiadasida g’оlib bo’lgan o’quvchilar universitet ma’muriyati tomonidan esdalik sovg’alari va tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.