Andijon Davlat
Universiteti
ZULFIYAXONIM IZDOSHLARI
2018-03-01    7822

Zulfiyaxonim xotirasiga bag‘ishlanib Andijon davlat universitetida katta tadbir bo‘lib o‘tdi.

Zulfiyaxonim  xotirasiga bag‘ishlab Andijon davlat universitetida taniqli o‘zbek shoirasi Zulfiyaxonim tavalludining 103-yilligi munosabati bilan iqtidorli va istedodli soxibalari bo‘lgan yoshlarga ko‘nikmalarni egallashlariga ko‘mak berish o‘z qobiliyatlarini nomoyon etayotgan yoshlar orasida sog‘lom muhitni vujudga keltirish maqsadida universitet xotin qizlari hamda yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida “Zulfiyaxonim izdoshlari” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Ushbu tanlovda universitetning talabalari o‘z mahoratlarini ko‘rsatib nomoyon qildilar. Bunda jismoniy madaniyat fakulteti sportchi qizlari o‘z mahoratlarini ko‘rsatib berishdi. Shu bilan birga tadbirda viloyat xotin qizlar qo‘mitasi raisi Manzura Patidinovna  so‘z olib  bordi. Zulfiyaxonimni yod etib va kirib kelyotgan bahor ayyomi bilan tabriklab o‘tdi. Tadbir qatnashchilarni tashakkurnomalar bilan taqdirladilar.

Sadafbek ABDULLAEV
Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.