Andijon Davlat
Universiteti
PEDAGOGIKA FAKULTETIDA HUQUQBUZARLIKNI OLDINI OLISH HAFTALIGI
2018-02-28    5837

Universitetimizning pedagogika fakultetida huquqbuzarlikni oldini olish haftiligi doirasida targ'ibot va tashviqot tadbiri oʻtkazildi. Unda Andijon shahar IIB  kapitanlari Xusanboy Rahimov, Apakov Azizbek, Yo'ldoshev Dilmurodjon, "Sanoat" MFY maslahatchisi Orzuxon Egamberdiyeva, universitet xotin-qizlar qo'mitasi raisasi Umidaxon Ahmedova, universitet tibbiy shahobcha shifokori Eshonxojayev Qayumjon, hamshira Xonbo'tayeva Orzuxon, Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari Qamariddin Nuriddinov, xotin-qizlar qo'mitasi yetakchisi Gulnozaxon Teshaboyev, katta o'qituvchi Gulnoraxon Ismanova va yoshlar ittifoqining fakultet  yetakchisi Ilhomjon Boltaboyevlar ishtirok etdilar.

Ular kun tartibidagi quyidagi masalalar yuzasidan kerakli maslahat va vazifalarini yig'ilgan 120 nafar talablarga tushuntirib berdilar.

- Yoshlar o'rtasida giyohvandlikka qarshi kurashish choralarini kuchaytirish;

- Yoshlar o'rtasida huquqbuzarlikni oldini olish;

- Talabalarning oliy taʼlimning ichki tartib-qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qilish;

- Sog'lom turmush tarzini talabalar o'rtasida keng targ'ib qilish.

Ushbu targ'ibot va tashviqot kuni keng ko'lamli, samimiy, ochiq muloqot tarzida o'tkazildi. Talaba yoshlar o'zlarini qiziqtirgan va qiynayotgan masalalar yuzasidan  savollariga javob oldilar.

"Bunday tadbirlar fakultetimizda ko'p o'tkaziladi. Bu esa biz talabalar uchun g'oyat foydali.Tadbir jarayonida o'zimga kerakli va kelajakda as qotadigan ma'lumotlarga ega bo'ldim" deydi BTSTI yo'nalishi 104- guruh talabasi Nozima Ikromaliyeva.

Diloromoy ISMANOVA
Pedagogika fakulteti talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.