Andijon Davlat
Universiteti
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETIDA FAOLIYAT OLIB BORAYOTGAN PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR DIQQATIGA
2022-04-12    649

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-fevraldagi “Oliy ta’lim muasasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 32-sonli qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha Andijon davlat universitetida “Andijon davlat universitetining eng yaxshi pedagogi” tanlovi o‘tkazilmoqda. Buyruq bilan tanishish uchun 

Tanlov ishtirokchilari quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha ishtirok etishlari mumkin:

  1. a) «Mutaxassisligi bo‘yicha eng yaxshi pedagog», bunda tegishli fan (kurs) bo‘yicha o‘qitish metodikasiga oid ishlar ko‘rib chiqiladi;
  2. b) «Eng yaxshi pedagog-tadqiqotchi», bunda pedagogning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarining ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etilishi bo‘yicha erishgan yutuqlari ko‘rib chiqiladi;
  3. v) «Innovatsiya va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi pedagog», bunda zamonaviy pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayonida samarali qo‘llash sohasidagi ishlar ko‘rib chiqiladi.

Tanlovda kamida 3 yil to‘liq me’yor bo‘yicha faoliyat yuritayotgan, yoshi, ilmiy darajasi va unvonidan qat’iy nazar, bakalavriat yoki magistratura ta’lim dasturlari bo‘yicha kurslardan birida (leksiya, seminar, amaliy yoki laboratoriya) mashg‘ulotlari olib borayotgan, shtatli professor-o‘qituvchilar hujjatlarini tanlov komissiyasiga (o‘quv-uslubiy boshqarmaga) 2022-yilning 7-may kuniga qadar kechiktirmasdan taqdim etishlari so‘raladi.

Tanlov ishtirokchilari belgilangan nominatsiyalar bo‘yicha ochiq mashg‘ulotlarni 2022-yilning 18-maydan 30-maygacha tashkil etadi va nominatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan baxolanadi.

Nominatsiyalar bo‘yicha 1-,2- va 3-o‘rinlarni egallagan Tanlov ishtirokchilari Andijon davlat universitetining faxriy yorlig‘i bilan mukofotlanadilar, tegishli ravishda egallab turgan lavozimiga ko‘ra shtatdagi maoshi miqdorining 1; 0,75 va 0,5 koeffitsiyenti miqdorida moddiy rag‘batlantiriladi.

Andijon davlat universiteti bosqich doirasida har bir nominatsiya bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan g‘oliblarning tegishli hujjatlarini Respublika bosqichiga, Bosh ilmiy-metodik Markazga taqdim etiladi.

Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar lavozim maoshining 5 barobari miqdorida mukofotlanadi.

 

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2022. Barcha huquqlar himoyalangan.