Andijon Davlat
Universiteti
XURMATLI PROFESSOR-OʻQITUVCHILAR, DOKTORANTLAR, MAGISTRLAR HAMDA TALABALAR DIQQATIGA
2022-03-29    1682

2021-2022 oʻquv yili uchun Oʻzbekiston Respublikada istiqomat qilayotgan millati va tilidan qatʼiy nazar 40 yoshgacha boʻlgan talabgorlarni (talabalar, magistrlar, doktorant, professor-oʻqituvchilar va tadqiqotchilar) “Yangi Oʻzbekistonning isteʼdodli yoshlari” nomli ilmiy-innovatsion ishlanmalar Respublika tanloviga hujjatlarini qabul qilish jarayoni boshlandi.

Tanlovda ishtirok etuvchilar quyidagi mezonlarga asoslanishi soʻraladi:


- Tanlovga texnika va texnologiya, axborot texnologiyalari, tibbiyot, qishloq va suv xoʻjaligi, arxitektura va qurilish sohalari boʻyicha tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalariga asoslangan innovatsion ishlanmalar (qurilma, asbob-uskunalar va boshqalar) qabul qilinadi;
- Tanlov materiallari oʻzbek va rus tillarida qabul qilinadi.


Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar quyidagi hujjatlar va zaruriy maʼlumotlarni topshiradilar:

- Ilmiy yangilik( qiyosiy tahlil) ;
- Ishlanmaning dolzarbligi va qoʻllanish sohasi;
- Texnik iqtisodiy tavsifi;
- Ishlanmaga oid ilmiy ishlar roʻyxati (mavjud boʻlsa);
- Ishlanmaning namuna nusxasi yoki innovatsion qurilma chizmalar taqdim etiladi;
Tanlovda ishtirok etishni xohlovchi nomzodlar hujjatlar yigʻma jildini (bosma va elektron variantda) joriy yilning 5-apreliga qadar Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimiga taqdim etishlari soʻraladi.

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimiga (0374) 223-83-63 nomeri orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Andijon davlat universiteti
axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.