Andijon Davlat
Universiteti
DAVRA SUHBATI
2018-02-26    6155

Davlat raxbarimizning xotin-qizlar manfaatlariga bag'ishlagan yig'ilishining ta'lim maskanimizdagi targ'iboti.
Kuni kecha universitetimiz 5 - talabalar turar joyida BTSTI va maktabgacha taʼlim yo'nalishida taxsil oladigan talaba qizlar òrtasida davra suhbati tashkil etildi. Bundan ko'zlangan maqsad, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 7-fevral kuni o‘tkazilgan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish mohiyatini keng targ'ib qilishdir.

Davra suhbatida ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari Nuriddinov Qamariddin, pedagogika fakulteti o'qituvchilari Gulnoraxon Ismanova, Ra'no Yankina ishtirok etdilar va xotin-qizlarga davlatimiz tomonidan yaratilayotgan yangidan-yangi imkoniyatlar to'g'risida to'xtalishdi, talaba qizlarni qiynayotgan muammolarni tinglab o'z tavsiyalarini berdilar. Davra suhbatini tashkil etishda BTSTI(rus) yo'nalishi 106 guruh talabasi Ikromova Nozima jonbozlik ko'rsatdi va yig'ilgan qizlarni yanada faol bo'lishiga ilhomlantirdi.

Nozima IKROMOVA
Pedagogika fakulteti talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.