Andijon Davlat
Universiteti
“TOVARLAR KIMYOSI VA XALQ TABOBATI JURNALI”GA ASOS SOLINDI
2022-03-10    2577

Andijon davlat universiteti, Oʻzbekiston tibbiy-ilmiy faoliyat bilan shugʻullanuvchilar TABOBAT akademiyasi,“Tabobat akademiyasi” nodavlat taʼlim muassasasi hamkorligida oʻzbek, rus va ingliz tillarida nashr etiladigan “Tovarlar kimyosi va xalq tabobati jurnali”ga asos solindi.

Jurnal Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2022-yil 28-fevraldagi №312/5-sonli qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar roʻyxatiga kimyo, tibbiyot va farmatsevtika fanlari boʻyicha kiritildi.

Bundan tashqari Jurnal Crossref, Google Schoolar xalqaro indeksatsiya bazalari roʻyxatidan oʻtgan va har bir chop etiladigan maqolasiga DOI identifikatsion havolasi biriktiriladi. Jurnal tovarlar kimyosi, xalq tabobati boʻyicha original tadqiqot maqolasi, qisqa xabar va sharhiy maqolalarni qabul qiladi.

Jurnalga https://jcgtm.org/index.php/home/about/submissions havolasi orqali roʻyxatdan oʻtgan holda material topshirish mumkin.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.